
﻿


{"id":29306,"date":"2020-01-27T17:05:31","date_gmt":"2020-01-27T12:05:31","guid":{"rendered":"https:\/\/adti.uz\/?p=29306"},"modified":"2020-01-27T17:05:31","modified_gmt":"2020-01-27T12:05:31","slug":"ilm-marifat-va-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-boyicha-vazifalar-belgilab-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/ilm-marifat-va-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-boyicha-vazifalar-belgilab-berildi\/","title":{"rendered":"ILM-MA\u2019RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH BO\u2018YICHA VAZIFALAR BELGILAB BERILDI"},"content":{"rendered":"<p><strong>Davlatimiz rahbari 2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo\u2018yicha ustuvor yo\u2018nalishlarni belgilab berdi:<\/strong><br \/>\n2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko\u2018rish uchun 348 ta tayanch maktabni belgilab, 6 mingdan ortiq o\u2018qituvchilarning malakasi oshiriladi.<br \/>\nJoriy o\u2018quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta\u2019lim tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.<br \/>\nKadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida, Milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi.<br \/>\nUshbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo\u2018yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.<br \/>\nOliy ma\u2019lumot olaman, o\u2018z ustimda ishlab, ilmli bo\u2018laman, degan, yuragida o\u2018ti bor jo\u2018shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart.<br \/>\nShuning uchun, maktab bitiruvchilarini oliy ta\u2019lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga etkazamiz.<br \/>\nBu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta\u2019lim qamrovini oshirish, to\u2018lov kontraktiga bog\u2018liq bo\u2018lib qolmasligi zarur.<br \/>\nShuni hisobga olib, oliy o\u2018quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko\u2018paytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz?<br \/>\nQizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo\u2018mitasi ushbu grantlar asosida o\u2018qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak.<br \/>\n<img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-29310 size-full\" src=\"https:\/\/adti.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/01\/2-68.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"624\" \/><br \/>\nOliy ta\u2019lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Biz bunda asosiy e\u2019tiborni o\u2018qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o\u2018quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur<br \/>\nMisol uchun, ona tili bo\u2018yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, o\u2018qishga kirayotgan paytda ona tili bo\u2018yicha qayta sinovdan o\u2018tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.<br \/>\nOliy ta\u2019lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta\u2019lim yo\u2018nalishlari va o\u2018qitiladigan fanlar qayta ko\u2018rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo\u2018lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi.<br \/>\nOliy ta\u2019limda o\u2018quv jarayonini kredit-modul tizimiga o\u2018tkazish talab etiladi.<br \/>\nJoriy yildan pedagogik ta\u2019limning 6 ta yo\u2018nalishi bo\u2018yicha, o\u2018qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu ishlarni boshqa yo\u2018nalishlarda ham davom ettiramiz.<br \/>\nOliy o\u2018quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o\u2018zini o\u2018zi moliyaviy ta\u2019minlashga o\u2018tadi.<br \/>\nBundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta\u2019lim dargohini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta\u2019lim dargohlari bilan hamkorlikda, ularni transformatsiya qilishni boshlaymiz.<br \/>\nMamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo\u2018nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak.<br \/>\n<img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-29313 size-full\" src=\"https:\/\/adti.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/01\/3-58.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"684\" \/><br \/>\nHech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo\u2018la taraqqiy ettira olmaydi.<br \/>\nShuning uchun, biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo\u2018nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.<br \/>\nJoriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo\u2018nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib\u00a0 beriladi.<br \/>\nShuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag\u2018larini ajratish mexanizmini, tubdan qayta ko\u2018rib chiqish kerak.<br \/>\nIlm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim.<br \/>\nHar bir oliy ta\u2019lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishi shart.<br \/>\nJoriy yilda \u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o\u2018qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.<br \/>\nKelgusida, grantlar miqdorini 2 barobar ko\u2018paytirish va tadqiqot yo\u2018nalishlari ko\u2018lamini kengaytirish lozim.<br \/>\nJoriy yilda \u201craqamli iqtisodiyot\u201dni rivojlantirish bo\u2018yicha tub burilish qilishimiz kerak.<br \/>\n<img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-29316 size-full\" src=\"https:\/\/adti.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/01\/4-54.jpg\" alt=\"\" width=\"996\" height=\"569\" \/><br \/>\nBirinchi navbatda, qurilish, energetika, qishloq va suv xo\u2018jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, arxiv sohalarini to\u2018liq raqamlashtirish lozim.<br \/>\nShuningdek, \u201cElektron hukumat\u201d tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko\u2018rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur.<br \/>\nToshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo\u2018lgan \u201cAyTi-park\u201d barpo etilmoqda. U hozirdanoq, o\u2018zining dastlabki natijalarini bera boshladi.<br \/>\nBunday \u201cAyTi-park\u201dlar \u2013 Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi.<br \/>\nSoha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda \u201c1 million dasturchi\u201d loyihasini amalga oshirish boshlandi.<br \/>\nShuningdek, ta\u2019limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to\u2018liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.<br \/>\nO\u2018tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta\u2019minlashimiz kerak.<br \/>\nHozirgacha 7 mingdan ortiq sog\u2018liqni saqlash, maktabgacha ta\u2019lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo\u2018lsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi.<br \/>\nBu vazifalarni ko\u2018zda tutgan holda, \u201cRaqamli O\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim.<br \/>\nKelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo\u2018lish uchun Hukumatda \u2013 Bosh vazir o\u2018rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa \u2013 alohida o\u2018rinbosar lavozimlari joriy etiladi.<br \/>\nParlament ilm-ma\u2019rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida Hukumat, tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotini muntazam eshitib borishi lozim\u201d.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Manba: http:\/\/www.president.uz\/ <\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Davlatimiz rahbari 2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo\u2018yicha ustuvor yo\u2018nalishlarni belgilab berdi: 2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko\u2018rish uchun 348 ta tayanch maktabni belgilab, 6 mingdan ortiq o\u2018qituvchilarning malakasi oshiriladi. Joriy o\u2018quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta\u2019lim tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29307,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[18],"tags":[],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29306"}],"collection":[{"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29306"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29306\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/old.adti.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}