E’LON! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

E’LON!

14:45 16.09.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda “2021-yilda tayanch doktorantura va doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar taqsimoti”ga muvofiq tayanch doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

№ Muassasa nomi Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi Doktorantura turi Ajratilgan kvota
1 Andijon davlat tibbiyot instituti 14.00.01 Akusherlik va ginekologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.02 Morfologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.04 Otorinolaringolo-giya Tayanch doktorantura 1
14.00.08 Oftalmologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.09 Pediatriya Tayanch doktorantura 1
14.00.13 Nevrologiya Tayanch doktorantura 2
14.00.19 Klinik  radiologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.21 Stomatologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.27 Xirurgiya Tayanch doktorantura 1

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 2020-yil 15-oktyabrga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Rektor nomiga ariza;
  • biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • pasport kopiyasi;
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

                                                ADTI ilmiy bo’limi

 

Skip to content