ISTIQLOL MUBORAK! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISTIQLOL MUBORAK!

20:05 03.09.2021

Oʻzbekiston atalmish Serquyosh Vatan,

Bagʻringda tugʻildim boʻlib chin farzand.

Asriy orzu edi buyuk Istiqlol.

Mustaqil yurt boʻlding jahon qoldi lol.

Istiqlolga erishgan kuning muborak!

Hur Oʻzbekiston, hurlik toʻying muborak!

 

Keng bagʻringda ulgʻaydi koʻplab alloma,

Ular yozib qoldirdi asl durdona.

Ular ochgan sirlardan butun dunyo lol,

Sen olamga tanilding kelib Istiqlol.

Istiqlolga erishgan kuning muborak!

Hur Oʻzbekiston, hurlik toʻying muborak!

 

Oʻzbekni ulugʻladi bobomiz Temur,

Davlat boshqarmoqqa u edi mohir.

Ibn Sino oʻgʻling Tibbiyot shohi,

Ming dardga davodir oʻtkir nigohi.

Istiqlolga erishgan kuning muborak!

Hur Oʻzbekiston, hurlik toʻying muborak!

 

Hurlikni sevardi qizing Nodira,

Xalqparvarlik bor edi uning qonida.

Beruniy, Alisher, Bobur, Ulugʻbek,

Ular bor jahonga tanildi oʻzbek.

Istiqlolga erishgan kuning muborak!

Hur Oʻzbekiston, hurlik toʻying muborak!

 

Yurtim, tilayman senga rivoj, sharaf-shon,

Gulla-yashna, ona yurt Oʻzbekiston!

Davlatlar ichra topibsan kamol,

Boqiy boʻlsin yurtim senga Istiqlol.

Istiqlolga erishgan kuning muborak!

Hur Oʻzbekiston, hurlik toʻying muborak!

 

Toʻymurod Jomartov

 

Skip to content