Andijon davlat tibbiyot instituti prorektorlari, dekanlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov olib bordi.
Unda bir qator kun tartibidagi masalalar ko‘rildi. Institut xodimlari va talaba-yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, muassasasada odob-ahloq hamda kiyinish madaniyatiga, karantin qoidalariga qat’iy amal qilish borasida so‘z bordi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalarning qishki ta’tilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, onlayn tanlovlarda faol bo‘lishlari, ayniqsa, sport bilan shug‘ullanishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish, institut rasmiy veb-saytida har bir bo‘limda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam joylashtirib borish yuzasidan kerakli mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.